So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: Kim nechta gol urdi? Yangiliklar

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: Kim nechta gol urdi?

Teglar :  Lokomotiv
2016 yilgi mavsum Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi uchun juda muvaffaqiyatli tarzda kechdi.

Jamoa ham chempionatda, ham kubok bahslarida zafar quchib, ichki maydonda oltin dubl qayd etdi. Qolaversa, “Temiryo'lchilar” Osiyo CHempionlar Ligasida ham chorak finalga qadar etib borib, yurtimizdagi minglab futbol ishqibozlarini chiroyli g'alabalar bilan xushnud etdi.

Mana bir necha kundan buyon klub rasmiy saytida mavsum yakunlarini etiboringizga havola etib bormoqdamiz. Bu safar mavsum davomida eng ko'p gol urganlar haqida malumot berib o'tamiz.

SHu o'rinda alohida qayd etish joizki, 2016 yilgi mavsum Temurxo'ja Abduxoliqovniki bo'ldi, desak xato bo'lmasa kerak. Zero mahoratli hujumchi yil davomida uchala turnirda ham tez-tez gol kiritib turdi va yakunda jamoa to'purari nomini qo'lga kiritdi. Temurxo'ja Oliy Ligada 22ta gol urgan bo'lsa, kubok bahslarida 6 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. CHempionlar Ligasida esa Abduxoliqov 3 bor o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. SHu tariqa, jamoamiz ishqibozlarining sevimli o'yinchisiga aylangan Temurxo'ja Abduxoliqov 2016 yilda jami 31ta gol kiritishga erishdi.

“Lokomotiv”ning ikkinchi to'purari esa tajribali yarim himoyachi – Sardor Mirzaev bo'ldi. U Oliy Ligada 13ta, kubokda 3ta va OCHLda 2ta gol urdi. Marat Bikmaev esa ichki chempionatda 13 marta va xalqaro maydonda 1 bora raqiblar darvozabonlarini hafa qildi.



Umuman olganda, “Lokomotiv” futbolchilari joriy mavsumda 3 ta musobaqada jami 106ta gol urishni uddalashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика