So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  0 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  3 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  3 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO Yangiliklar

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

Bugun “Lokomotiv” stadionining matbuot anjumanlari zalida 2019 yil futbol mavsumi oldidan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi.

Malumki, “Lokomotiv” mavsumga tayyorgarlik chog'ida 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa safini esa Ignatiy Nesterov, Sanjar SHoahmedov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Sadriddin Abdullaev, Marat Bikmaev, Nikolay Pogrebnyak tark etishdi.

Ketganlar o'rnini to'ldirish maqsadida quyidagi futbolchilar taklif etildi:

Aziz Haydarov (avvalgi jamoasi “Bunyodkor”)
Jamshid Iskanderov (avvalgi jamoasi “Paxtakor”)
Filip Rayevac (avvalgi jamoasi “Bunyodkor”)
Avazbek O'lmasaliev (avvalgi jamoasi “Neftchi”)
Yovan Jokich (avvalgi jamoasi AGMK)
Davron Hoshimov (avvalgi jamoasi “Navbahor”)
Javohir Ilyosov (avvalgi jamoasi “Metallurg”)
Arslonmurod Amanov (avvalgi jamoasi “Buxoro”)

Bugungi tanishtiruv marosimida “Lokomotiv” PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov, futbolchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Tanishtiruv marosimida yangi futbolchilarning joriy mavsum qaysi raqamli futbolkalarda to'p tepishi oydinlashdi.

Demak, Aziz Haydarov #7, Jamshid Iskanderov #8, Filip Rayevac #9, Avazbek O'lmasaliev #19, Yovan Jokich #23, Davron Hoshimov #24, Javohir Ilyosov #35 va Arslonmurod Amanov #71 raqamli futbolkalarda “Loko” safida o'ynaydigan bo'lishdi.

Quyida tadbirdan fotosuratlarni etiboringizga havola etamiz.


Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика