So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

“Lokomotiv” finalga qadar qanday yo'lni bosib o'tdi? Yangiliklar

“Lokomotiv” finalga qadar qanday yo'lni bosib o'tdi?

Bilasiz, Toshkentning “Lokomotiv” klubi joriy yilgi mamlakat kubogi final uchrashuviga yo'l oldi.

Finalda “Temiryo'lchilar”dan Qarshining “Nasaf” jamoasi qarshiligini engish talab etiladi. Xo'sh, “Lokomotiv” finalga qadar qanday yo'lni bosib o'tdi? Bugun shu haqida malumot berib o'tamiz.

“Lokomotiv” O'zbekiston kubogi-2016dagi ishtirokini 1/8 finaldan boshladi. Jamoaga bu bosqichda Andijonning “Uz-Dong-Ju” klubi to'qnash keldi. “Bo'yoqchilar” jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra 13:1 hisobida taslim etildi. 1/4 finalda esa “Lokomotiv” Muborakning Mashal” klubi qarshiligini engishiga to'g'ri keldi. Dastlabki o'yinda “Lokomotiv” futbolchilari safarda 4:1 hisobida zafar quchishgan bo'lsa, uydagi bahsda 1:2 hisobida imkoniyat boy berib qo'yildi. Lekin umumiy hisobda “Loko” raqibdan ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi.

Yarim final bosqichida mamlakatimizning vice-chempioni – “Bunyodkor” dog'da qoldirildi. Har ikki uchrashuvda ham kichik hisobda g'alabaga erishgan “Temiryo'lchilar” billur sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo'lishdi.
 

“Lokomotiv”ning finalga qadar bosib o'tgan yo'li:

1/8 final
Uz-Dong-Ju (Andijon) 1:4 Lokomotiv (Toshkent)

Lokomotiv (Toshkent) 9:0  Uz-Dong-Ju (Andijon)

1/4 final
Mashal (Muborak) 1:4 Lokomotiv (Toshkent)

Lokomotiv (Toshkent) 1:2  Mashal (Muborak)

1/2 final

Lokomotiv  (Toshkent) 1:0 Bunyodkor (Toshkent)

Bunyodkor  (Toshkent) 0:1 Lokomotiv (Toshkent)


Ana endi oldinda bizni final bellashuvi kutib turibdi. O'yin 30 noyabr kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi va soat 13:00da boshlanadi.

Takidlash joizki, “Temiryo'lchilar” o'z tarixida ikkinchi marta O'zbekiston kubogi finalida o'ynaydigan bo'lishdi. O'tgan galgi urinishda “Loko” futbolchilari kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan edi. Umid qilamizki, ikkinchi final ham biz uchun omadli bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика