So’nggi yangiliklar

08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  0 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  5 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  1

"Lokobol" saralash bosqichi tugadi. "Bunyodkor"-2007 Rossiyaga boradi Yangiliklar

"Lokobol" saralash bosqichi tugadi. "Bunyodkor"-2007 Rossiyaga boradi

Besh kun davom etgan 2007-2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi "Lokobol" turniri bugun o'z nihoyasiga etdi.

Malumki, ushbu musobaqa Toshkent shahar futbol federaciyasi tashabbusi bilan poytaxtimizda ilk bor tashkil qilindi. 12ta jamoa ishtirok etgan mazkur turnir bolalarda iliq taassurot qoldirdi. Negaki barcha o'yinlar o'ziga yarasha qiziq kechdi. Ayniqsa, turnirning hal qiluvchi final uchrashuvi ancha qiziq o'tdi.

Ungacha esa 3-o'rin uchun bahs tashkil etildi va bunda "Nasaf" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib bordi. Bunda "Nasaf" tarbiyalanuvchilari 2:1 hisobida zafar quchishdi. SHundan keyin maydonga turnirning ikkita eng kuchli jamoasi "Bunyodkor" va "Paxtakor" futbolchilari tushishdi.

SHu o'rinda har ikkala jamoaning finalgacha bosib o'tgan yo'lini eslab o'tsak.

"BUNYODKOR"
1-tur. "Bunyodkor" - ROZSK 8:0
2-tur. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 15:1
3-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor"-2008 3:0

Yarim final
"Bunyodkor" - "Nasaf" 2:0

"PAXTAKOR"
1-tur. "Paxtakor" - "CHelano" 5:0
2-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 2:2
3-tur. "Paxtakor" - "Eden Sport" 5:1

Yarim final
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 6:2

Hal qiluvchi final o'yinida avvaliga "Bunyodkor" futbolchilari hisobni ochishdi. Keyinroq "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari hisobni tenglashtirishdi. O'yin oxirigacha shu 1:1 o'zgarmadi va yakunda barchasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi. "Lotereyalar" bahsida omad "Bunyodkor"ga kulib boqdi va yosh "qaldirg'ochlar" 3:2 hisobida zafar quchishdi.


3-o'rin uchun bahs. 2 may
"Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1 

FINAL. 2 may
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:1 (penaltilar bo'yicha 3:2)

SHunday qilib "Bunyodkor-2007" Toshkentda o'tkazilgan "Lokobol" turniri g'olibiga aylandi va Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo'lib o'tadigan ikkinchi bosqich o'yinlariga yo'llanma sohibi bo'ldi. Turnir yakunida musobaqaning asosiy tashkilotchilari Rossiya bolalar futbolining Markaziy Osiyo bo'yicha etakchi vakili Aydos Kashkeev hamda TFF vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev tomonidan g'olib va sovrindorlarga medallar hamda kubok topshirildi.


SHuningdek, chiziqlar bo'yicha eng yaxshilar aniqlandi:

Eng yaxshi darvozabon: Danelyan Karen ("Nasaf")
Eng yaxshi himoyachi: Davletov Didar ("Paxtakor")
Eng yaxshi yarim himoyachi: Turg'unbekov Aziz ("Bunyodkor")
Eng yaxshi hujumchi: Xudoyberganov SHohrux ("Lokomotiv")
Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi: Halimtoev SHohrux ("Bunyodkor")



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика