"Liverpul" Sebalosning "Tottenxem"ga o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin
06 iyu 2019 14:02
Yangiliklar
"Liverpul" Sebalosning "Tottenxem"ga o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin
"Liverpul" "Real" yarim himoyachisi Daniel Sebalosga qiziqmoqda.
"Qizillar" 22 yoshli xavbek uchun 45 million funt sterling to'lashmoqchi.
Futbolchiga shuningdek Londonning "Tottenxem" klubi ham qiziqmoqda. Ular yarim himoyachini ijaraga olishni rejalashtirishmoqda.
Zinedin Zidan ham futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq futbolchining ijara asosida “Milan”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Sebalos yakunlangan mavsum klubda 34ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 3ta gol va 2ta assist bor. Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yozda o'z yakuniga etadi.
O'yinchining transfer narxi hozirda 30 million evroni tashkil etadi.
Futbolchi "Real"ga "Betis" tarkibidan kelib qo'shilgan edi. U 2018 yildan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar