"Liverpul" Saloh bilan shartnoma uzaytirilganiga qaramay, APLdan vinger sotib olmoqchi
20 apr 14:01
Yangiliklar
"Liverpul" Saloh bilan shartnoma uzaytirilganiga qaramay, APLdan vinger sotib olmoqchi
"Liverpul" 32 yoshli qanot hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, "Brentford"ning 25 yoshli vingeri Brayan Mbemo bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Brentford" kamerunlik futbolchi uchun taxminan 50 mln funt (58,5 mln evro) so'raydi. "Qizillar" hujum chizig'ini yangilashni istamoqda va Mbemo Arne Slot jamoasi uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarga ega deb hisoblanmoqda.
Mbemo joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 50 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar