"Liverpul" Nunesga o'rinbosar bo'ladigan futbolchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor
09 mar 15:55
Yangiliklar
"Liverpul" Nunesga o'rinbosar bo'ladigan futbolchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor
"Liverpul" "Brayton"ga 23 yoshli hujumchi Joau Pedroni sotib olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda, mersisaydliklar hujumchida Darvin Nunesga uzoq muddatli o'rinbosarni ko'rmoqda.
Mersisaydliklar braziliyalik futbolchining transferi uchun "Brayton"ga 50 mln evro to'lashga tayyor. Takidlanishicha, "Liverpul" rahbariyatiga Pedroning nafaqat hujum markazida, balki qanotlarda ham o'ynay olishi yoqmoqda.
Pedro joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 50 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar