"Liverpul" Isakni qo'lga kiritish yo'lidagi harakatini to'xtatmayapti
15 iyu 19:38
Yangiliklar
"Liverpul" Isakni qo'lga kiritish yo'lidagi harakatini to'xtatmayapti
"Liverpul" hamon "Nyukasl" markaziy hujumchisi Aleksander Isakni qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
25 yoshli shveciyalik futbolchi mart oyidan beri Arne Slot jamoasining asosiy maqsadi bo'lib kelgan. "Hakkalar" Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritganidan keyin Isak uchun hech qanday taklifni qabul qilishni istamaydi, ammo "Liverpul" hali ham harakatda.
Isak "Nyukasl"ga 2022 yilning yozida 70 million evro evaziga "Real Sosedad"dan o'tgandi. Forvard o'tgan mavsum klub miqyosida 42 o'yinda 27 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar