"Liverpul" "Brentford" etakchisiga davogar
11 avg 23:05
Yangiliklar


"Liverpul" "Brentford" etakchisiga davogar
"Liverpul" rahbarlari ushbu yozgi transfer oynasida irlandiyalik himoyachi Natan Kollinzni sotib olish borasida "Brentford" bilan kelishuvga erishmoqchi.
"Football Insider" xabariga ko'ra, Angliyaning amaldagi chempioni yaqin vaqt ichida markaziy himoyasini kuchaytirmoqchi. "Qizillar" 24 yoshli irlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin, uning transfer qiymati mutaxassislar tomonidan 28 million evroga baholanmoqda.
Qayd etish joizki, "Brentford" xo'jayinlari jamoa etakchilaridan birini qo'yib yuborishni istamayapti. Kollinzning "asalarilar" bilan amaldagi bitimi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Natan Kollinz o'tgan mavsum "Brentford" safida 38 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar