"Liverpul" "Arsenal" qiziqayotgan hujumchini ilib ketmoqchi
07 mar 15:26
Yangiliklar


"Liverpul" "Arsenal" qiziqayotgan hujumchini ilib ketmoqchi
"Liverpul" "Leypcig"ga 21 yoshli markaziy hujumchi Benyamin Sheshkoning transfer shartlarini so'rab murojaat qildi.
Bu haqda "TBR Football" xabar tarqatdi.
Sloveniyalik futbolchiga "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirishda davom etmoqda, Sheshkoning o'zi ham Londonga ko'chib o'tishga qarshi emas. Hujumchining tovon puli 58 mln funtni tashkil etadi, ammo "Leypcig" undan kamroq takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyor.
Qayd etilishicha, ayni paytda "Liverpul" Sheshkoni kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Darvin Nunesning o'rniga potencial futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Sheshko ushbu mavsum barcha turnirlarda 34 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar