Levandovski Keynning Bundesliga rekordi borasidagi imkoniyatlarini baholadi
02 sen 2023 08:37
Yangiliklar
Levandovski Keynning Bundesliga rekordi borasidagi imkoniyatlarini baholadi
"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn haqida gapirdi.
U shuningdek aynan o'ziga tegishli rekord - Germaniya chempionatida 1 mavsumda 41 ta gol urish rekordini yangilash imkoniyatlari haqida ham fikr bildirdi.
"O'z rekordim haqida o'ylaganimda, buni haliyam aqlbovar qilmas darajada deb hisoblayman. Bu dahshat bo'lgandi. Harri Keyn ajoyib futbolchi, lekin Bundesliga qiyin chempionat. Unga biroz vaqt kerak deb o'ylayman, lekin oldindan bir narsa deyish qiyin.
O'zim ham Gerd Myullerning 40 yillik rekordini yangilayman deb o'ylamagandim. Buni qanday amalga oshirganimni bugun tushuntira olmayman", - dedi Levandovski.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar