Leni Yoro: "Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi zo'r o'ynadi, "Fulxem" bilan o'yinda omad etishmadi"
30 avg 00:17
Yangiliklar
Leni Yoro: "Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi zo'r o'ynadi, "Fulxem" bilan o'yinda omad etishmadi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoroning fikriga ko'ra, jamoaga omad etishmayapti.
Mankunianliklar "Arsenal"ga o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Fulxem" bilan esa 1:1 hisobida durang qayd etdi. Shuningdek, jamoa Angliya liga kubogida "Grimsbi Taun"ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
"Barchaga qiyin, lekin endi bu tarixga aylandi. Endi "Bernli"ga qarshi o'yinni o'ylash kerak. Jamoa taslim bo'lishni o'ylamasligi lozim.
Agarda "Grimsbi"ga qarshi bahsni hisobga olmasak, "Fulxem" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda bizga omad etishmadi. Biz zo'r o'yin namoyish qildik. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin oson gollar qo'yib yubordik. Bu detallarni yaxshilash kerak.
Biz shunday kichik xatolar qilmasak, g'alaba qozona olamiz. Asosan mayda xatolar qilmaslikka harakat qilishimiz kerak", - dedi Yoro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
Boshida ketma ket 3 ta galaba qozonganida qaerda ediz Valensiya bn uyinda jamoani Aspiaz boshqargan mana 3 uyindirki usha oqsoch 2 lose 1 ta draw qildi valverde la liga uyinlariga boshqarmayapti jamoani