Leau A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
11 noy 2022 23:20
Yangiliklar
Leau A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau oktyabr oyida Italiya A seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'tgan oy Leau "Milan" safida beshta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita samarali uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, portugaliyalik hujumchi hozirda A Seriyaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning narxi 70 dan 85 million evroga ko'tarilgan.
"Milan" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Stefano Pioli shogirdlari peshqadam “Napoli”dan 8 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar