LaLiga PSJning 222 mln. evrolik to'lovini qabul qilmadi
03 avg 2017 16:10
Yangiliklar
LaLiga PSJning 222 mln. evrolik to'lovini qabul qilmadi
PSJ vakillari Neymar bilan birgalikda LaLiga ofisiga tashrif buyurib, futbolchining shartnomasida belgilangan 222 mln. evro tovon pulini to'lamoqchi bo'ldi, biroq tashkilot to'lovni rad etdi.
Malum bo'lishicha, kelishuvdagi tovon puli bandini faqat ispan klublari faollashtira oladi. Biroq asosiy sabab sifatida quyidagi jihat ko'rsatilmoqda: LaLiga rahbariyati PSJ ko'rsatilgan mablag'ni UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasdan to'lay olmaydi deb hisoblaydi. Liga rahbari Xaver Tebasning fikricha, mamlakat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan PSJ futbolni izdan chiqarishi mumkin.
Oldinroq, Neymar tibbiy ko'rikdan o'tgani, uning transferi esa 4 avgust kuni elon qilinishi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar