So’nggi yangiliklar

20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  1 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  20 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  43 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0

La Liga. Ramos "el klasiko"da "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi Yangiliklar

La Liga. Ramos "el klasiko"da "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan markaziy bahs, yani "el klasiko" nomi bilan mashhur uchrashuv yakuniga etdi.


Uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tdi. O'yinnig 53-daqiqasida "Barselona" jarima zarbasidan unumli foydalandi. Neymar tomonidan oshirib berilgan to'pni Luis Suares boshi bilan darvozaga joyladi va o'yinda hisobni ochdi - 1:0.

SHundan so'ng "Barselona" uchrashuvda tashabbus bilan o'ynadi. Kataloniyaliklar o'yin davomida bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Xususan Neymar va Messida gol urish uchun qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo "Barselona" hujumchilari ushbu imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada "Real" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Luka Modrich tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so'ng Ramos boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi - 1:1.

SHundan so'ng "Barselona" hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda g'alabani ilib ketishga ham yaqin kelgandi. Ammo Kazemiro "Real"ni juda qiyin pallada joniga oro kirdi. Aynan ushbu futbolchi darvozaga kirib ketayotgan to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi.

SHu tariqa ushbu "el klasiko" murosa bilan yakun topdi.

Ispaniya chempionati, 14-tur. Turnir jadvali.

Barselona – Real Madrid 1:1

(MATNLI TRANSLYACIYA)

Kamp Nou

Gollar: Luis Suares (53), Serxio Ramos (90)

Barselona
– ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Inesta, 60), Serdji Roberto, Andre Gomesh (Turan, 78), Neymar (Suares, 87), Messi.

Real Madrid
– Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Dias, 86), Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Vaskes, Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).

Ogohlantirishlar
: Isko (13), Neymar (28), Suares (75), Karvaxal (80), Buskets (83), Maskerano (89).

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика