So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

La Liga. Lyuk de Yongning goli "Barselona"ni 5-o'ringa olib chiqdi Yangiliklar

La Liga. Lyuk de Yongning goli "Barselona"ni 5-o'ringa olib chiqdi

Ispaniya chempionati 19-turidan o'rin olgan "Malorka" - "Barselona" bahsi bo'lib o'tdi.

"Malorka" – "Barselona" 0:1
"Son Moish" stadioni
Gol
: 0:1 – 44 de Yong.

"Malorka" – Reyna, Maffeo, Valent, Russo, Kosta, Dani Rodriges, Battalya (Prats, 84), Baba (Ruis de Galarreta, 61), Li Kan In (Lyabres, 71), Sanches (Jordi Mboula, 70), Anxel Rodriges (Fer Nino, 61).

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa (Langle, 76), Pike, Erik Garsiya, Arauxo, de Yong, Puch, Niko Gonsales (Alvaro Sans, 71), Judjla, de Yong, Axomash (Pedrola, 80).

Ogohlantirishlar: Judjla (79), Kosta (83), Prats (89), Dani Rodriges (90), Langle (90), Valent (90), Maffeo (90).


Mallorca

LaLiga . 19-tur

03/01/2022, 01:00

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Luuk de Jong - 44'

Stadion: Visit Mallorca Estadi, 14654 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
61'  Iddrisu Baba (Inigo Ruiz de Galarreta)
61'  Angel Rodriguez (Fer Nino)
70'  Antonio Sanchez (Jordi Mboula)
71'  Kang-In Lee (Javi Llabres)
83'  Jaume Costa
84'  Rodrigo Andres Battaglia (Abdon Prats)
89'  Abdon Prats
90'  Pablo Maffeo
90'  Daniel Rodriguez
90'  Martin Valjent
44'  Luuk de Jong
44'  Oscar Mingueza
71'  Nico Gonzalez (Alvaro Sanz)
76'  Oscar Mingueza (Clement Lenglet)
79'  Ferran Jutgla
80'  Ilias Akhomach (Estanis Pedrola)
90'  Clement Lenglet


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Barselona" og'ir bellashuvdagi o'yindagi g'alabani qo'lga kiritdi. 

90+1-daqiqa. Mark Andre ter SHtegen xavfli vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi. 

89-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlar vakili Abdonga sariq kartochka ko'rsatildi.  

87-daqiqa. "Barsa" raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishga urinmoqda. 

83-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Xaume Kostani ogohlantirdi.

79-daqiqa. Ogohlantirish! Ferran Judjla sariq kartochka ishlab oldi. 

70-daqiqa. Fernando Nino zarba yo'lladi, ammo to'p yo'liga raqib to'g'anoq bo'ldi.  

68-daqiqa. "Barselona" to'pni nazorat qilmoqda.

66-daqiqa. Li Kan In burchakdan to'pni jarima maydonchasiga yo'lladi. Pike uni qaytarib, xavfni bartaraf etdi. 

58-daqiqa. Axomax uzatmani amalga oshirdi, Pike boshi bilan zarba yo'llashga tayyor edi, biroq uning urinishi yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

45-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'limga biror daqiqa qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus!

44-daqiqa. GOOOOOOL! Lyuk De Yong boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi. Hujumchi axiri niyatiga etdi 0:1. 

Li Kan Inning bu safar yo'llagan zarbasi ham kuchsiz chiqdi va Ter SHtegenga muammo tug'dirmadi. 

42-daqiqa. "Malorka"ning tezkor hujumini "ko'k-anorranglilar" faqatgina fol bilan to'xtatib qola olishdi.  

40-daqiqa. Erik Garsiya raqibini qo'yib yuborgisi kelmadi, natijada hakam hushtak chalib, o'yin qoidasi buzilganini takidladi.  

Bu borada ham hisob tenglashdi 2:2.

37-daqiqa. "Malorka" yana burchak zarbasi ishlab olmoqda.  

O'z navbatida mezbonlarning hujumi nihoyasiga etmay qoldi. 

35-daqiqa. "Malorka" vakillari raqibning bu safargi hujumini osonlik bilan bartaraf etishdi.    

Dastlabki uzatma qaytarilgan bo'lsada, jarima maydonchasiga yaqin hududdan Idrissu Baba zarba yo'lladi, kiper o'z o'rnida. 

33-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi.  

32-daqiqa. Lining o'zi zarbani amalga oshirdi, biroq to'p "jonli devorga" tegib qaytdi.

31-daqiqa. Li Kan In qo'pollik bilan yiqitildi. Ancha xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

29-daqiqa. Xavfli vaziyat! Va yana Lyuk de Yong. Bu safar niderlandiyalik hujumchi chalqancha uslubda zarba berdi va to'p endi to'singa tegib qaytdi.  

28-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lyuk de Yong o'ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi, biroq to'p uning zarbasidan keyin ustunga tegib qaytdi.

25-daqiqa. Yana fol, Niko Gonsales raqibning og'iga keskin ravishda tashlandi.   

24-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 23% - 77%.

23-daqiqa. "Malorka" to'pni nazorat qilishga urinmoqda, mezbonlar sekin-asta hujumga o'tmoqda. 

21-daqiqa. Axomax jamoasiga ikkinchi burchak zarbasi ishlab berdi. Bu safar ham himoyalanayotganlar osonlik bilan xavfni bartaraf etishdi.   

20-daqiqa. Yana fol. Umuman olganda har ikki klub vakillari ham raqib hujumlarini to'xtatishda faol tarzda follardan foydalanishmoqda. 

18-daqiqa. Erik Garsiya to'pga qo'shib Rodrigesning oyog'ini bosib oldi. "Malorka" futbolchisi ovozi boricha baqirdi. 

17-daqiqa. Judjla chapdan jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

16-daqiqa. Anxel Rodriges to'pni o'ziga o'nglab olayotganida qo'l bilan o'ynadi deb topdi hakam. "Malorka" ustozining bunga reakciyasini ko'rish kerak... 

15-daqiqa. Li Kan Inga nisbatan fol ishlatishdi, Arauxo nohaq. 

13-daqiqa. Anxel Rodriges o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi va shu sababli mezbonlar hujumi uzilib qoldi.

12-daqiqa. "Malorka" himoyadan chiqib ketishda muammolarga duch kelmoqda. 

10-daqiqa. Yana Axomax diqqat markazimizda. Hozir u Mingesa hujumga qo'shilgani va bir himoyachini o'zi bilan olib ketganidan foydalanib, aniq va kuchli zarba yo'lladi, posbon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan naf chiqmadi.

8-daqiqa. Ha, azizlar, "Barsa"ning jarima zarbalarini Pike amalga oshiradigan kunlarni ham guvohi bo'lyapmiz... Yaqin yillarda ham buni tasavvur qilish biroz mushkul vazifa edi.

7-daqiqa. Mezbonlar darhol javob qaytarishdi. Kosta yosh Axomaxni maydonga qulashiga sababchi bo'ldi. 

5-daqiqa. Axomax to'p uchun kurashda Antonio Sanchesga nisbatan qo'pol o'ynadi - fol.

3-daqiqa. "Barselona" ilk daqiqalardan ustunlikni o'z tomoniga og'idirishga urinmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalar saf tortishgan va bir daqiqalik sukut saqlanmoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

Mallorca

LaLiga . 19-tur

03/01/2022, 01:00

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Luuk de Jong - 44'

Stadion: Visit Mallorca Estadi, 14654 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
61'  Iddrisu Baba (Inigo Ruiz de Galarreta)
61'  Angel Rodriguez (Fer Nino)
70'  Antonio Sanchez (Jordi Mboula)
71'  Kang-In Lee (Javi Llabres)
83'  Jaume Costa
84'  Rodrigo Andres Battaglia (Abdon Prats)
89'  Abdon Prats
90'  Pablo Maffeo
90'  Daniel Rodriguez
90'  Martin Valjent
44'  Luuk de Jong
44'  Oscar Mingueza
71'  Nico Gonzalez (Alvaro Sanz)
76'  Oscar Mingueza (Clement Lenglet)
79'  Ferran Jutgla
80'  Ilias Akhomach (Estanis Pedrola)
90'  Clement Lenglet

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика