So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

La Liga "Barsa"ning Olmo va Viktorni ro'yxatga olish uchun asosi yo'qligini elon qildi Yangiliklar

La Liga "Barsa"ning Olmo va Viktorni ro'yxatga olish uchun asosi yo'qligini elon qildi

Teglar :  Barselona La Liga
La Liga "Barsa"ning "Kamp Nou"dagi VIP-joylar sotish bilan bog'liq moliyaviy muammolari haqida bayonot berdi.

Yanvar oyida katalon klubi Yaqin Sharq mamlakatlaridan ikki investor bilan o'z uy stadionida 475 ta joyni 30 yilgacha muddatga sotish bo'yicha kelishuvga erishdi. Xabarlarga ko'ra, VIP-joylar sotishdan tushgan daromad "Barselona"ga "1 ga 1" qoidasini ishga solish va "Kamp Nou" rekonstrukciyasi uchun investorlar oldidagi qarzning "katta qismini" to'lash imkonini berdi. Bu kelishuv klubga 100 million evro olib kelishi haqida malumot berilgan edi.  

Ushbu kelishuv La Liganing etirozlariga qaramay, ko'k-anorranglilarga mavsumning ikkinchi qismi uchun Dani Olmo va Pau Viktorni ro'yxatga kiritish imkonini berdi. Oliy sport kengashi (CSD) klubga futbolchilarni vaqtincha ro'yxatga kiritishga ruxsat berdi. Biroq yaqin kunlarda "Barsa" auditori "Kamp Nou"dagi VIP-joylar sotishdan tushgan 100 million evroni La Liga uchun hisobotga kiritishni tasdiqlamagani malum bo'ldi, busiz klub transferlar va shartnomalarni uzaytirishda muammolarga duch kelishi mumkin.  

Endi La Liga chempionat etakchisining moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolari haqida to'qqiz banddan iborat bayonotini elon qildi. Xususan, klubda Olmo va Viktorni ro'yxatga olish uchun asos yo'qligi ko'rsatilgan. "Barsa"ning tarkib uchun xarajatlar limiti yana qisqartirildi.  

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика