So’nggi yangiliklar

16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  0 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  0 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  2 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  4 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  4 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  6 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3

La Liga. Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ni mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ni mag'lub etdi

Ispaniya La Ligasi oltinchi turidan o'rin olgan "Atletiko" – "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Atletiko" – "Real Madrid" 3:1

Gollar: 1:0 – 4 Morata, 2:0 – 18 Grizmann, 2:1 – 35 Kroos, 3:1 – 46 Morata.

Atletiko – Oblak, Molina (Aspilikueta, 65), Savich, Ximenes (Korrea, 86), Ermoso, Koke (Vitcel, 46), Saul, Lorente, Lino (Galan, 87), Grizmann, Morata (Depay, 82).

Real Madrid – Arrisabalaga, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Mendi, 57), Valverde, Kroos (Braim Dias, 70), Modrich (Xoselu, 46), Kamavinga (Tchuameni, 57), Vaskes (Nacho, 57), Bellingem, Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Modrich (45), Ximenes (45), Mendi (67), Bellingem (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Depay tomonidan yo'llangan zarba biroz noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Atletiko" tarkibida yana ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

82. Depay Morata o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadigan bo'ldi.

78. Diasning zarbasidan so'ng Oblak seyv amalga oshirdi.

75. Mendining uzatma aralash zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

70. Ryudiger olisdan o'z omadini sinab ko'rdi, uning urinishi ham Tchuameninikiga o'xshab ketdi.

67. Mendi raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

64. Tchuamening olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

62. Rodrigodan xavfli zarba, ammo Savich to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

57. "Real" birato'la uchta o'zgarishga qo'l urdi.

54. "Atletiko"dan yana bosh bilan zarba! To'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi. 

50. Alabaning burchakdan uzatmasi yuqoriga keragicha ko'tarilmadi, shu bois mezbonlar osonlik bilan to'pni qaytardi.

46. GOL! Morata "Atletiko"ning birinchi golini ko'rolmay qolganlar uchun takroriy ijro namoyish etdi va bosh bilan raqib darvozasiga to'p kiritdi!


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Birinchi bo'limni ko'ngildagidek o'tkaza olmagan, ustiga-ustak hakam tomonidan ogohlantirilgan Modrich zaxiraga olindi. Uning o'rniga hujumchi Xoselu tushirildi. O'z navbatida, "Atletiko"da ham almashtirish: Vitsel Kokega dam berdi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. Rodrigoga nisbatan qo'pollik ishlatgan Ximenes ogohlantirildi.

44. "Real" hisobni tenglashtirdi, ammo hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi. Hakamning qaroriga qo'shilmagan Modrichga sariq kartochka ko'rsatildi.

40. Kroosdan yana bir zarba, bu safar Oblak hushyorlikni yo'qotmadi.

35. GOL! Kroosdan supergol! Germaniyalik yarim himoyachi raqib jarima maydonidan qaytgan to'pni o'ziga qulay tarzda to'g'rilab oldi va Oblak darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi!


33. Rodrigo "Atletiko" jarima maydonida raqib himoyachilarini aldab o'tayotgan chog'da yiqitildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

31. Kepa raqibning tezkor hujumi natijasida yo'llangan zarbani qaytardi.

30. Kamavinganing zarbasi rekoshet orqali raqib darvozasiga kirib ketishiga bir bahya qoldi. Burchak to'pidan keyin esa Valverdi ham zarba yo'lladi, ammo Oblak to'pni egallab oldi.

28. "Atletiko" uchinchi golni urishga yaqin keldi, ammo so'nggi lahzada Vaskes xavfni bartaraf etdi.

26. Mehmonlar Bellingemni oldinga boshlashdi, biroq u tomon uzatma aniq etib bormadi.

22. Modrich burchak zarbasidan so'ng uzatma amalga oshirdi, biroq raqib himoyachilari qaytardi. Qaytgan to'pga xorvatiyalik yarim himoyachi zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga aniqlik etishmadi.

18. GOL! Bu safar Grizmann bosh bilan "Real" darvozasini ishg'ol qildi! Qanotdan uzatigan to'pni kutib turgan franciyalik futbolchi ochiq qoldirildi va u hisobdagi farqni oshirdi.


15. Alabaning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydonni tark etdi.

14. Ermoso o'z jarima maydoniga yaqin nuqtada Kamavingani to'xtatib qoldi. "Real"da qulay standart yuzaga keldi.

10. Burchak to'pidan so'ng Ximenesning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Madridliklar himoyasi negadir sust, ayniqsa, ikkinchi qavatda. 

9. "Atletiko"ning yana bir tezkor qarshi hujumi burchak zarbasi ishlanishi bilan yakunlandi.

8. Fran Garsiya chap qanotdan uzatma amalga oshirishda o'ta noaniqliqlikka yo'l qo'ydi, natijada mehmonlarning hujumi erta yakunlandi.

4. GOL! Morata qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan "Real" darvozasiga joylab qo'ydi!


2. Fran Garsiya "Atletiko"ning ilk hujumini bartaraf etdi. Burchakdan uzatilgan to'p ham "qaymoqranglilar" tomonidan qaytarildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Yakshanba oqshomini bezab beradigan Madrid derbisi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика