Kurtua birga-bir vaziyatda, seyvlarda va psixologik jihatdan eng kuchli darvozabonlarni sanab o'tdi
18 apr 2020 12:25
Yangiliklar
Kurtua birga-bir vaziyatda, seyvlarda va psixologik jihatdan eng kuchli darvozabonlarni sanab o'tdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua eng ajoyib darvozabonlarni sanab o'tdi.
U bir nechta darvozabonlarning eng yaxshi jihatlarini asos qilib oldi. Kurtua o'zini birga-bir vaziyatlar va ruhiy barqarorlik tomondan eng zo'ri deb biladi.
"Agar to'pga chiqishlar haqida gapiradigan bo'lsa, bu borada eng zo'ri o'zimman. Zarbalarni hammadan ko'ra eng yaxshi bartaraf etadigani Yan Oblakdir. CHaqqonlik borasida "Antverpen"dan Sinan Bolat maqtana olar. U bilan "Genk"da birga o'ynaganmiz. Unda ajoyib tezlik bor. Ter SHtegen oyoqlar bilan ajoyib harakat qila oladi. Alisson ham birga-bir vaziyatlarda yomon emas. Agar ruhiy barqarorlik haqida so'z borsa, bu o'ringa o'zimni qo'ygan bo'lardim", - deydi Kurtua.
Sizningcha, ayni damda dunyoning eng kuchli darvozaboni kim?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar