Kunde "Real"da o'ynashni xohlaydi
27 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
Kunde "Real"da o'ynashni xohlaydi
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.
Francuz CHempionlar Ligasi uchun davogarlik qiladigan klubda o'ynamoqchi va Madrid klubini ideal variant sifatida ko'rmoqda.
22 yoshli futbolchi o'z xohishini Franciya terma jamoasida sheriklari Karim Benzema va Kilian Mbappega aytgan.
Madridliklarga kelsak, ular futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyorlar, ammo "qizil-oqlar" o'yinchini 80 mln evroga baholashmoqda.
Kunde 2020/21 mavsum "Sevilya" tarkibida 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar