So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Kulusevski "Yuve" safida birinchi zarbasidayoq gol urdi - bu Pirloning ilk g'alabasida hal qiluvchi palla edi Yangiliklar

Kulusevski "Yuve" safida birinchi zarbasidayoq gol urdi - bu Pirloning ilk g'alabasida hal qiluvchi palla edi

Gol urgan vaziyatda Deyan to'pga oltinchi marta tegingandi.

"Yuventus" mavsumni oson g'alaba bilan boshladi: "Sampdoriya" o'yin avvalida gol urishga urinib ko'rdi, lekin to'qqiz karra chempion tez gol urdi va ikkinchi bo'limda hisobni yirik ko'rinishga olib bordi.

Ushbu g'alabada Deyan Kulusevskining hissasi katta: yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo yangi yarim himoyachini asosiy tarkibda o'yinga tushirdi, 20 yoshli shved hujumlardan birida ortda qolib ketmadi va chap oyoqda ajoyib zarba berdi.

Opta hisob-kitoblariga ko'ra, bu Kulusevski uchun "Yuventus" tarkibida rasmiy o'yindagi debyut goligina emas, balki oltinchi teginishi edi — 13-daqiqada 35+9 million evroga xarid qilingan shveciyalik futbolchi "Atalanta"ni o'sha 9 mln evro bonuslarga yaqinlashtirdi. 

2000 yil 25 aprel kuni tavallud topgan Kulusevski o'tgan mavsumni "Parma"da ijarada o'tkazganidan xabaringiz bor. Yangi asr vakillari uchun alohida statistika mavjud. Bunday futbolchilardan faqatgina ikki nafari A Seriyada 10tadan ko'p gol urgan — bu Kulusevski va Moyze Kin, ikkinchisi avvalroq APLga italiyalik murabbiy bilan birga ishlashga ketgan.

Ikkinchi bo'limda Leo Bonuchchi va Krish ham raqib posbonini xafa qildi — natijada yirik g'alaba.

• Ronaldu top-darajada qatorasiga 19-mavsumida gol urdi: "Sporting", "MYU", "Real Madrid" va "Yuventus"da uch mavsum.

• Portugaliyalik gol urishni juda xohlagandi: u 10 marta zarba berdi — bu mavsum TOP-5 chempionatlarda hali hech kim bu qadar ko'p zarba bermadi.

• "Yuventus" qatorasiga beshinchi mavsumni g'alaba bilan boshladi – bu Italiya elitasidagi hozirgi jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkich.

Pirlo qo'l ostidagi "Yuventus" uslubiga baho berishga hali erta, lekin uchrashuvdan keyin Andrea yaxshi gapirdi: "Fikr va rejalarni o'yinga ko'chirish uchun vaqt kerak. Men kimningdir uslubini ko'chirishni istamayman, o'zimni qarashlarim bor. Lekin meni ruhlantirgan, men o'yinidan zavqlangan jamoalardan nimalarnidir olishni istayman".

Davomini keyingi yakshanba tomosha qilishimiz mumkin — raqib sifatida "Roma"ni kutamiz, yana bir hafta o'tib "Napoli".

SHuningdek, A Seriyada "Atalanta"ning starti ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak: jamoa ECHLdan ancha keyin chiqib ketgani sabab, futbolchilar dam olishi maqsadida Gasperini shogirdlarining birinchi uchrashuvini keyinroqqa qoldirildi — yangi mavsumdagi o'zining birinchi o'yinini o'tgan mavsum sensaciyasi 26 sentyabr kuni turinliklarga qarshi, lekin "Keksa sinora" emas — "Torino"ga qarshi o'tkazadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика