Kukurelya London klubiga o'tishga rozi bo'ldi
01 avg 2022 19:54
Yangiliklar
Kukurelya London klubiga o'tishga rozi bo'ldi
"Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya Londonning "CHelsi" klubiga o'tishga rozi bo'ldi.
Endilikda klublar tovon puli borasida kelishib olishlari kerak.
Kukurelya avvaliga "Manchester Siti"ga o'tishni xohlayotgandi, ammo "shaharliklar" uning transferidan butunlay voz kechishdi. Ispaniyalik futbolchi ushbu yozda o'z darajasini yuqorilash uchun klubdan ketmoqchi, shu bois Mark "CHelsi" taklifini qabul qilishga tayyor.
Futbolchining transfer summasi taxminan 60 million evroni tashkil qiladi. SHu bilan birga, "nafaqaxo'rlar" kelishuvga "Brayton" qiziqayotgan yosh himoyachisi Levi Kolvillni ham qo'shmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar