Kroos: "Bir yil davomida Gvardiola qo'l ostida ishlashdan zavq olganman"
03 noy 2022 18:46
Yangiliklar
Kroos: "Bir yil davomida Gvardiola qo'l ostida ishlashdan zavq olganman"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos qaysi murabbiy o'ziga mos kelishi haqidagi savolga javob berdi.
"Gvardiola "Bavariya"da qolishimni xohlagan. Agar mening futbol uslubim uchun mukammal murabbiyni tanlash kerak bo'lsa, bu Gvardiola. Bir yil davomida uning qo'l ostida ishlashdan zavq olganman. Pep meni kuchliroq qilgan", – dedi Kroos "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola va Toni Kroos faqat 2013/2014 yilgi mavsumda "Bavariya"da birga ishlagan. SHundan so'ng germaniyalik futbolchi "Real"ga yo'l oldi va u bilan birga 4 marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi (Myunxen klubi bilan yana bir unvonni qo'lga kiritdi).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar