Konte: "Xvicha "Napoli"dan uni sotishlarini so'radi. Men xafaman"
11 jan 19:41
Yangiliklar
Konte: "Xvicha "Napoli"dan uni sotishlarini so'radi. Men xafaman"
Xvicha Kvaracxeliya "Napoli"dan uni qo'yib yuborishlarini so'radi.
Bu haqda neapolliklar bosh murabbiy Antonio Konte malum qildi.
"Gap muhim futbolchi haqida ketmoqda, yozda klub prezidenti bilan suhbatlashib, bazi asosiy futbolchilarni saqlab qolish borasida kafolat olishga uringan edim. Kvaracxeliya ketishni xohlagan bo'lsada, men buni ustida ishlab, o'zim istaganlarni saqlab qolgandim.
Xvicha yaqinda uni sotishni so'radi. Xafaman, bu huddi kutilmaganda jala quyib yuborgandk. Men uni mixlab qo'ygandek taassurot uyg'otmoqchi emasman.
Yozda uni loyiha sifatida saqlab qolishga umid qilgandim, ammo qishda hammasi o'zgardi. Biz muhim o'yinchidan mahrum bo'lyapmiz" - dedi Konte.
Malumotlarga ko'ra, Xvicha Kvaracxeliya tez orada PSJ futbolchisiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar