So’nggi yangiliklar

Konte kelajagi borasidagi aniq qarorini aytdi Yangiliklar

Konte kelajagi borasidagi aniq qarorini aytdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi mavsumda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor inkor qildi. Italiyalik murabbiy London klubiga sadoqatini his qilishini takidladi.

“Men “Tottenxem”ga 100% sodiqman. Balki undan ko'proqdir. Buni shunchaki aytayotganim yo'q. Men juda ishtiyoqmand odamman. Buni shu erda isbotlashim kerak”, - dedi Konte kechagi London derbisida “Arsenal”ga qarshi o'yinda g'alaba qozonganidan keyin.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" APL yakunlanishiga ikki tur qolganda CHempionlar ligasi zonasi uchun kurashda "Arsenal"dan bir ochko ortda qolmoqda. So'nggi bor “Tottenxem” 2018/19 yilgi mavsumda ushbu musobaqaga yo'llanma olgandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика