So’nggi yangiliklar

12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  3 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  10 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  10 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2

Konfederaciyalar Kubogi. Turnir haqida batafsil Yangiliklar

Konfederaciyalar Kubogi. Turnir haqida batafsil

2 iyul kuni Sankt-Peterburgdagi stadionda Konfederaciyalar Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Final bahsida Germaniya CHilini 1:0 hisobida taslim etdi va qitalar o'rtasidagi eng kuchli jamoaga aylandi.

Rossiyada bo'lib o'tgan ushbu turnir haqida batafsil to'xtalib o'tishga qaror qildik.

STADIONLAR

Turnirning 16 ta uchrashuvi Rossiyaning to'rt shahrida joylashgan to'rt stadionda bo'lib o'tdi. Bular "Kazan Arena" (Qozon), "Kerstovskiy" (Sankt-Peterburg), "Otkrytie Arena" (Moskva) va "Fisht" (Sochi).


Musobaqa mobaynida eng ko'p tomoshabin yiqqan bahs kutilganidek final o'yini bo'ldi. CHili hamda Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga (0:1) 57268 muxlis tashrif buyurdi. Har bir stadion turnir davomida o'zida 4 tadan uchrashuv o'tkazdi. Sankt-Peterburgda joylashgan "Krestovskiy" arenasi ushbu bahslarda eng ko'p muxlis yig'a olgan stadionga aylandi.

"Kerstovskiy" (Sankt-Peterburg) - 198830 (4 ta o'yin)

"Kazan Arena" (Qozon) - 155034 (4 ta o'yin)

"Otrytie Arena" (Moskva) - 152549 (4 ta o'yin)

"Fisht" (Sochi) - 121891 (4 ta o'yin)


GOL VA TO'PURARLAR

Turnirda o'tkazilgan 16 ta uchrashuvda 43 ta gol urildi. Demak, har bir o'yinga o'rtacha 2,69 ta gol to'g'ri keladi. Musobaqada eng ko'p gol urgan jamoa Germaniya bo'ldi. Ular raqib darvozasin 12 marotaba aniq nishonga ola bilishdi. Konfederaciyalar Kubogida 3 futbolchi to'purarga aylandi: Leon Gorecka, Lars SHtindl, Timo Verner (hammasi Germaniya) - 3 tadan.

Turnirda urilgan gollar - 43 ta

Har bir uchrashuvda o'rtacha gollar soni - 2,69

Eng ko'p gol urgan jamoa - Germaniya

To'purarlar - Gorecka, SHtindl, Verner

Eng yaxshi assistent - Ektor Errera (3)

Eng kam gol urgan jamoa - Yangi Zelandiya (1)

Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - Meksika (10)

Eng kam gol o'tkazgan jamoalar - CHili, Portugaliya (3)

Turnirda gol urgan eng yosh futbolchi - Timo Verner (21 yosh 3 oy 19 kun)

Turnirda gol urgan eng keksa futbolchi - Pepe (34 yosh 4 oy 6 kun)



MUKOFOT PULLARI

Konfederaciyalar Kubogi g'olibi bo'lgan Germaniya terma jamoasi uyiga 5 mln. dollar bilan qaytdi. Finalchi bo'lgan CHili esa 4,5 mln. dollarga ega chiqdi.

Germaniya terma jamoasi (turnir g'olibi) - 5 mln. dollar

CHili terma jamoasi (finalchi) - 4,5 mln. dollar

Portugaliya terma jamoasi (uchinchi o'rin) - 3,5 mln. dollar

Meksika terma jamoasi (to'rtinchi o'rin) - 3 mln. dollar

Yangi Zelandiya terma jamoasi, Avstraliya terma jamoasi, Kamerun terma jamoasi, Rossiya terma jamoasi - 2 mln. dollardan.



ENG YAXSHILAR

Turnirning "Oltin butsa"si 3 ta gol urib, 2 ta golli pas bergan Timo Vernerga nasib etdi.

"Oltin to'p" - Yulian Draksler

"Kumush to'p" - Aleksis Sanches

"Bronza to'p" - Leon Gorecka

"Oltin butsa" - Timo Verner

"Kumush Butsa" - Leon Gorecka va Lars SHtindl

"Oltin qo'lqop" - Klaudio Bravo

"Feyr-pley" sovrini - Germaniya terma jamoasi


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика