So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  0 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

"Komm Mit" va "CA" rahbarlari kelishuvga erishdilar Yangiliklar

"Komm Mit" va "CA" rahbarlari kelishuvga erishdilar

Evropada o'z o'rniga ega bo'lgan "Komm Mit" kompaniyasi, Germaniyada bolalar futboli bo'yicha musobaqa o'tkazadigan birinchi raqamli tashkilot hisoblanadi.

Ularga Italiya va Gollandiyada etarlicha raqobat qiladigan kompaniyalar mavjud, ammo Germaniyada tashkilot eng ko'p mijozga ega. SHuning uchun mazkur kompaniya va "CA" o'rtasida yo'lga qo'yiladigan hamkorlik biz uchun juda katta ahamiyat kasb etardi.

Nodirxo'ja Yuldashev va kompaniya direktori Florian Xoyshmid o'rtasida kechgan muzokaralar, yakunda ikki tashkilotning o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishi bilan yakuniga etdi.



"Men kutgan uchrashuv bo'lib o'tdi. Avvalo bu kompaniya tashkilotimizning xatiga jiddiy qarab, unga o'z vaqtida javob berganidan xursand bo'lgan edik. CHunki bu kompaniyaning Evropada tutgan o'rnidan xabardor edik. Huddi bu, bizning birorta jamoamiz "Bavariya" bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganidek gap. Tez kunlarda biz bilan hamkorlik qiluvchi jamoalarga "Komm Mit" tomonidan taqdim etilgan turnirlarni beramiz. Klublarimizga bu musobaqalar narx borasida ham maqul kelishi aniq. CHunki aynan shunday summaga kuchli bo'lmagan musobaqalarda ishtirok etib kelayapmiz. Evropa, baribir Evropa", - deydi Nodirxo'ja Yuldashev.



O'z navbatida, janob Xoyshmid ham hamkorlik borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi:
 
- O'zbekiston jamoalarining bizning turnirlarda ishtirok etishi qiziq bo'ladi. Mamlakatingiz haqida yaxshi axborotga egaman. Keyinchalik bizning mijozlar ham "CA" tomonidan tashkil etiladigan turnirlarda ishtirok etishlari mumkin. Bunga vaqt kerak bo'lsa-da, amalga oshirsa bo'ladigan ish. "Komm Mit" bolalar futboli yo'lida barcha takliflarni qabul qiladi.


Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика