Klopp ten Xagning "Leypcig"ga nomzodini blokladi
05 mar 12:01
Yangiliklar
Klopp ten Xagning "Leypcig"ga nomzodini blokladi
Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag Germaniyaning "Leypcig" klubini boshqarmaydi.
Manbaga ko'ra, "Liverpul" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Red Bull" kompaniyasining xalqaro futbol bo'limi rahbari Yurgen Klopp ten Xag nomzodini rad etgan. Uning o'rniga Klopp "Leypcig"ga uchta nomzodni taklif qildi - Sebastyan Xyones ("Shtutgart"), Oliver Glasner ("Kristal Pelas") va Rojer Shmidt ("Benfika" sobiq murabbiyi).
Eslatib o'tamiz, Erik ten Xag o'tgan yilning 28 oktyabrida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ketgan, uning o'rniga Ruben Amorim kelgandi. 26 tur yakuniga ko'ra "qizil iblislar" APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar