Klopp murabbiylikdagi 12-sovrinini qo'lga kiritdi
31 iyu 2022 10:59
Yangiliklar
Klopp murabbiylikdagi 12-sovrinini qo'lga kiritdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa boshqaruvidagi 7-sovriniga ega chiqdi.
Kecha Mersisayd klubi Angliya Superkubogi uchun bahsda "Manchester Siti"ni ishonchli hisobda dog'da qoldirdi, 3:1.
2015 yili germaniyalik mutaxassis boshqaruvni qo'liga olganidan keyin jamoa 7ta sovringa ega chiqdi: 2020 yilda APL, 2019 yili ECHL, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi JCH hamda 2022 yilda Angliya Liga kubogi va Angliya Kubogi.
Klopp hisobida 12 sovrin bor. Bunga qadar u Bundesligada ikki martadan chempionlik va superkubokni qo'lga kiritgan bo'lsa, bir bora Germaniya Kubogida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar