So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

“Killavit” - Yangiariqda tashkil etilgan musobaqa g'olibi Yangiliklar

“Killavit” - Yangiariqda tashkil etilgan musobaqa g'olibi

Teglar :  Killavit
Har bir sohaning o'z fidoyi va jonkuyarlari bor. Bu mubolag'a emas, albatta.

Vaholanki, yurtimizda  “millionlar o'yini” hisoblangan futbolning rivojiga munosib ulushini qo'shib kelayotgan insonlar ko'pchilikni tashkil etadi. Binobarin,  Yangiariq tumanidagi Tagan qishlog'ining Killavit mahallasida yashovchi Bahodir Sobirov ana shular sirasiga kiradi. Asli kasbi shifokor bo'lgan bu inson  2007 yili farzandlari bilan birgalikda mahallasida o'yingoh barpo etib, “Navro'z” futbol klubiga asos soldi. O'z navbatida bu qishloq jamoasi qator yillar viloyat birinchiligida  Yangiariq tumani sharafini munosib himoya qilib, bir necha bor sovrindor  bo'ldi.

Endilikda, “Killavit” o'yingohi taganliklarning sevimli maskaniga aylangan. Bu erda shonli sanalar munosabati bilan tez-tez turli miqyosdagi musobaqalarni o'tkazish anana tusiga kirgan. “Navro'z” futbol klubining tashabbusi va tashkilotchiligida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar killavitliklarga olam-olam quvonch ulashayotir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag'ishlab uyushtirilgan navbatdagi ochiq birinchilik ana shular sirasiga kiradi. “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O'zbekistonim! shiori ostida tashkil etilgan mazkur turnirda Killavit mahallasi jamoasi futbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi. SHohsupaning ikkinchi pog'onasini Xorazm viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi vakillari egallashdi. Faxrli uchinchi o'rindan respublika mol – xom ashyo birjasi Xorazm filiali jamoasi joy oldi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Reyting:    

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика