Kilian Mbappe: "Bellingem yaxshi formada bo'lsa, dunyoning eng zo'ri. Muxlislar esa faqat bir kishini ayblamasliklari kerak"
20 jan 02:31
Yangiliklar
Kilian Mbappe: "Bellingem yaxshi formada bo'lsa, dunyoning eng zo'ri. Muxlislar esa faqat bir kishini ayblamasliklari kerak"
Shanba kuni "Madrid" La Liga doirasida "Levante"ni (2:0) mag'lub etdi. Bungacha "qaymoqranglilar" Ispaniya Superkubogi finalida imkoniyatni boy berib, mamlakat Kubogidan chiqib ketishgandi. "Santyago Bernabeu" muxlislari g'alabaga qaramay, jamoani hushtaklar bilan kutib olishdi va kuzatib qo'yishdi.
"Bellingemning mahoratiga hech kimda shubha yo'q. U ulkan potencialga ega. Jud yaxshi sport formasida bo'lsa, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Hozir hamma uchun qiyin davr. Muxlislarning noroziligini tushunamiz. Lekin ular bitta odamga yopishib olmay, hammaga etiroz bildirishlari kerak. Bu faqat Judning yoki boshqa birovning aybi emas. Vaziyatni o'zgartirish — bizning vazifamiz.
La Ligada g'alaba qozondik, endi bor etiborni Chempionlar Ligasiga qaratishimiz kerak. Agar muxlislar bizning harakat qilayotganimizni va yaxshi o'ynayotganimizni ko'rishsa, yana bizni qo'llab-quvvatlashadi", — dedi Mbappe CHL doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
Суперкубокда хакамла адашди штраф бериб биринчи дакикада.Валверде урди.Уйинга тасир уткизилди.Яхшиям финалда барсадан еди.Адолат карор топди )