So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  0 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Kiberfutbol: "Bunyodkor" stadionidagi anjumanlar zalida PCFL ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

Kiberfutbol: "Bunyodkor" stadionidagi anjumanlar zalida PCFL ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi

2016 yilning 30 noyabrida Bunyodkor stadionidagi anjumanlar zalida UCFGA (Uzbekistan Cyber Football Games Association) ning kelajakdagi dasturlari va rejalari xamda PCFL(Professional Cyber Football League) Oliy va Birinchi ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan Oliy va Birinchi liga ochilishiga alokador barcha savollarga “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi” raxbarlari to'liq javob berdilar va Associaciya reglamenti, qonun qoidalari, ishtirokchilar ro'yxati hamda kelajakda o'zbek kiber futboli rivoji uchun oldinga koyilgan maqsadlarga ham to'xtalib o'tildi.


    Mavzuninig eng qiziq yangiliklaridan biri UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  O'FF (O'zbekiston Futbol Federaciyasi) azosiga aylanganligi va bundan buyon O'zbekiston hududidagi barcha kiber futbol musoboqalarini UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  boshchiligida utkazilishi yuklanganligi elon qilindi. SHu qaror yuzasidan UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  O'zbekiston hududidagi barcha futbol  va PlayStation klublarini hamkorlikga taklif etdi.

    UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi” prezidenti Azizbek Pattahov kiber futbol O'yinlarini  nafaqat O'zbekiston hududi , xattoki Osiyo  va dunyo miqyosida rivojlantirishga o'z xissasini  qo'shish niyatidaligini takidlab o'tdi. Anjuman davomida Azizbek Pattahov 2017 yilda quyilgan maqsadlar ichiga Toshkentda MDX davlatlari xamda Osiyo kubogi o'tkazilishi ham borligi aytdi. 

    Matbuot anjumanida O'zbekiston Kiber Futbol Milliy terma jamoasi tashkil etilganini va unga jamoa murabiyi etib – Dilshod Matyakubov  ("Qo'qon-1912” kiberfutbolchisi)  Jamoa sardori esa – Xislat Umarov ("Nasaf") etib tayinlandi va ularga maxsus terma jamoa  murabiyi hamda  sardorlik bog'ichi va futbolkalari  topshirildi.






    Turli telekanal jurnalistlaridan tashqari ,matbuot anjumanida, O'FF (O'zbekiston Futbol Federaciyasi) hamda "Bunyodkor" klubi vakilari ham mehmon bo'ldilar . Associaciya tomonidan ularga hamkorlik va qo'llab-quvvatlab kelayotganlari uchun  minnatdorchilik sifatida  maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.


 Matbuot anjumani PCFL Oliy va Birinchi ligalari turlariga qura tashlash marosimi bilan yakunlandi.

UCFGAda elon qilingan so'nggi xabarlarni associaciyaning Telegramdagi kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin: UCFGA kanali

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика