Kechagi uchrashuvda "Arsenal"ning ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
16 fev 08:18
Yangiliklar
Kechagi uchrashuvda "Arsenal"ning ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
"Arsenal" kubok o'yinidan keyin yana yangi yo'qotishlarga duch keldi.
"Uigan"ga qarshi o'yindan so'ng yakshanba kuni jarohatlanganlar ro'yxatiga Ben Uayt va Rikkardo Kalafori qo'shildi.
Kalafor asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak edi, ammo u o'yin oldi mashg'ulot paytida jarohat oldi. Uayt esa o'yinning oxiriga 10 daqiqa qolganda maydonni tark etdi.
"Kalafor va Ben bo'yicha hali shubhalar bor, — dedi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta. — Keyingi 48 soat ichida vaziyat qanday rivojlanishini kutamiz".
Shuningdek, o'yinni Martin Edegor o'tkazib yubordi. U payshanba kuni "Brentford"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli safda yo'q edi.
.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar