So’nggi yangiliklar

21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0

Kecha dublga erishgan Sanjar SHoahmedov bilan suhbat Yangiliklar

Kecha dublga erishgan Sanjar SHoahmedov bilan suhbat

Kecha Malayziya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan katta tanaffusdan keyin restart oldi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov to'p tepayotgan "Terrenganu" klubi "Sabax"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Quvonarlisi hamyurtimiz ikkita gol urib dublga erishdi. Biz SHoahmedov bilan aloqaga chiqib taassurotlari bilan qiziqdik.

"Kecha restartdan keyingi birinchi o'yinimizni o'tkazdik. Malayziyaning yaxshi saviyadagi bo'lmish "Sabax" jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etib muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Uchrashuv uy stadionimizda bo'lib o'tdi. Yirik 4:0 hisobidagi g'alaba qozongan o'yinda ikkita gol urdim. Men uchun muhimi jamoam g'alabasi, gollarni jamoamga foydam tegishi uchun urdim. Taassurotlar yaxshi, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda ketmoqdamiz. CHempionat hali tugmadi. Oldinda hali yana oltita o'yin bor. Barchasi mavsum yakunlangach hal bo'ladi. SHu bois xulosa qilishga erta deb o'ylayman.

Ha, 15 martdan so'ng chempionat bahslari malum muddatga to'xtatilgan edi. Ko'ryapsiz hamma joyda koronavirus sabab karantin elon qilindi. Malayziyada ham to'rt oydan oshiq futbol to'xtab qoldi. Garchi kechadan rasmiy o'yinlarga ruhsat berilgan bo'lsa bunga qadar biz 7-8ta o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Ikki oy davomida mashg'ulotlar olib borildi, tayyorgarlik ishlari davom ettirildi. Jamoadagi futbolchilar sekin-asta sport formasiga qaytmoqda. Jismoniy holati, texnikasi, tezligi tiklanmoqda.

Malayziyada ayni paytda vaziyat ancha yaxshi. Jamoalar ikki oydan beri mashg'ulotlarni olib bordi, bu jarayon davom etmoqda. Tartib qoidalar hamma qatori, sanitariya-gigiena talablariga etibor bergan holda o'yinlar o'tkazilmoqda.

Albatta, O'zbekiston chempionatini har bir uchrashuvlarini kuzatib boraman, natijalar bilan tanishib chiqaman. Qo'ldan kelgancha ijtimoiy tarmoqlar orqali o'yinlarni ko'rib borishga harakat qilaman. Superligaga befarq emasman. Sobiq jamoam "Lokomotiv"ni ham natijalaridan xabardorman. Oxirgi bir nechta turlarda ketma-ket mag'lubiyatlarga uchrashayotgani nima bilan bog'liqligini bilmayman. Hammasi o'tib ketadi degan umiddaman. Birinchi davra tugadi, oraliqdagi tanaffus foydaga ishlashi mumkin. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlab, kerakli transferlarni amalga oshirib jamoani kuchaytirishadi. Endi bularni klub rahbarlari, murabbiylar hal qiladi.

O'zbekistonlik muxlislarga sog'lik va salomatlik tilab qolaman",- deydi Sanjar SHoahmedov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика