Kecha Azar hamda Korrea, bugun esa Belerin va Kasilyas
28 mar 2020 01:05
Yangiliklar
Kecha Azar hamda Korrea, bugun esa Belerin va Kasilyas
Xabaringiz bor, Evropaning kuchli chempionatlari koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan.
SHu bois, futbolchilarning ko'pchiligi uy karantinida qolgan.
So'nggi 2 kun ichida sochini butunlay olib tashlagan futbolchilar soni oshmoqda. “Atletiko” azosi Anxel Korrea og'ir xastalikka chalingan onasi uchun sochlarini butunlay oldirib tashlagani malum bo'ldi.
Biroq, “Arsenal” qanot himoyachisi Ektor Belerin, “Real” vingeri Eden Azar hamda ispaniyalik taniqli posbon Iker Kasilyas ham sochlaridan ayrilishga qaror qilishgan. Bu futbolchilar boshlagan yangi chellenj bo'lishi ham mumkin. Yoki bo'lmasa ular sartaroshlarsiz juda qiynalishmoqda.
Fikrlar