So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  21 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Kataloniyaning ikki klubi LaLiga etakchilari bilan to'qnashadi Yangiliklar

Kataloniyaning ikki klubi LaLiga etakchilari bilan to'qnashadi

Ispaniyada bugun 20-turning navbatdagi 4ta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kecha ushbu turning ilk o'yinida "Xetafe" "Atletik"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. LaLiganing ikki grandi "Barselona" va "Real" o'z uchrashuvlarini ertaga, yakshanba kuni o'tkazishadi. Hozir esa 20 yanvardagi bahslarga qisqacha to'xtalamiz.


"Espanol" - "Sevilya"

"Sevilya"ning "Atletiko" ustidan qozongan g'alabasi Vinchenco Montella jamoasi uchun g'alabali seriyani boshlashga turtki berishi mumkin. "Espanol" ketma-ket to'rtta uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramayotgan bo'lsada, mehmonlar bunga chek qo'yishi mumkin. Ha, mezbonlar va mehmonlar Ispaniya Kubogi doirasida katta kuch sarflashdi. Biroq zaxira kuch borasida mehmonlar ustun. Xuddi ijrochilar soni kabi.


"Atletiko" - "Jirona"

"Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat "matraschilar" uchun kuchli zarba bo'ldi, biroq bu muvaffaqiyatsizlik tufayli "Atletiko" muammolar girdobida qoladi degani emas. "Hindular"ning navbatdagi raqibi joriy mavsum LaLigada ko'pchilikni hayron qoldirgan "Jirona". O'tgan turda ular "Las-Palmas"ni 6:0 hisobida taslim etishdi, biroq "palmalar" turnirning autsayderlaridan biri. Ushbu bahsda ko'pchilik "Atletiko"ning g'alabasiga ishonch bildirishmoqda, biz ham ko'pchilik safidamiz.


"Vilyarreal" - "Levante"

"Real"ga qarshi bahsdagi 3 ochkoni "Vilyarreal" katta mehnat evaziga qo'lga kiritdi. G'alabali seriyani davom ettirish uchun raqib juda mos. "Levante" so'nggi uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi va birorta gol ura olmadi. Ayni damda jamoa LaLigada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. "Qurbaqalar" evrokuboklarda o'ynash uchun kurashayotgan "sariq suvosti kemasi"ga qarshi turib bera olishi juda qiyin... Biroq ular golsiz seriyaga barham berishga urinib ko'rishadi.


"Las-Palmas" - "Valensiya"

"Kanareykalar" "ko'rshapalaklar" bilan uyda o'ynaganiga ko'p bo'lmadi va o'sha bahsda Marselino Toral yigitlari durang qayd etishgan. Ammo kuchlar teng kelgan o'yin Ispaniya Kubogi doirasida o'tkazilgan edi. "Las-Palmas"ning qo'lga kiritgan ochkolari tartibli o'yin evaziga qo'lga kiritilgan, ammo so'nggi uchrashuvlarda "Palmas"ning himoyasi oqsamoqda. Bu jihatni hisobga olsak, "Valensiya" uyga 3 ochko bilan uyga qaytadi.


Bugungi uchrashuvlar vaqti:

17:00. "Espanol" - "Sevilya" (Aleziya.com, Match TV! Futbol 3)

20:15. "Atletiko" - "Jirona" (Aleziya.com, Futbol TV)

22:30. "Vilyarreal" - "Levante" (Aleziya.com, Match TV! Futbol 2)

00:45. "Las-Palmas" - "Valensiya" (Aleziya.com, Futbol TV)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика