Karrager: "Saloh "Liverpul"ga qo'shilishidan oldin "Chelsi"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam sifatida tanilgandi"
09 dek 2025 14:05
Yangiliklar
Karrager: "Saloh "Liverpul"ga qo'shilishidan oldin "Chelsi"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam sifatida tanilgandi"
"Men Muhammad Saloh va uning agentiga eslatmoqchimanki, u "Liverpul"ga qo'shilishidan oldin "Chelsi"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam sifatida tanilgandi. Bu shunchaki fakt.
U, shuningdek, o'z mamlakati ko'rgan eng buyuk o'yinchi. Misr — Afrika Millatlari Kubogidagi eng muvaffaqiyatli jamoa. Biroq Saloh hech qachon Afrika Millatlari Kubogida g'olib chiqmagan.
Men uni futbolchi sifatida kamsitmoqchi emasman. Lekin sen "Liverpul"ga kelganingda yulduz emasding.
Qanchalik kuchli bo'lishingdan qatiy nazar senga jamoadoshlaring, murabbiy va muxlislarning yordami kerak.
Unga buni eslatib qo'yish muhim. U gapirganida, faqat "Men, men va men!", deb gapirmoqda", – dedi Karrager.

Avvalroq "Liverpul" Salohning o'rniga Germaniyadan futbolchi topib qo'ygani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar
Futbol fanatlarining ichida irqchi, millati, yovvoyilari, vaxshiylari, qashshoqlar, milliarderlari ham bo'ladi. Allaqachon tahdid ham qilgandir Salahga.