Kanada jamoasi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan
18 apr 15:30
Yangiliklar
Kanada jamoasi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Kanadaning "Toronto" futbol klubi etiboriga tushgani malum bo'ldi.
Jamoa bosh murabbiyi, kelib chiqishi Yamaykadan bo'lgan amerikalik Robin Freyzerning fikricha, klub yozgi transfe rkampaniyasini yakunlagan. MLS'da (AQSH va Kanada oliy ligasi) asosiy transfer oynasi 23 aprel kuni yopiladi. Ammo "Toronto" murabbiyi yaqin kunlarda yangi futbolchilar kelishini kutmayapti.
Malum bo'lishicha, Kanada jamoasiga bir qancha futbolchilar jalb qilinishi kutilgan. Ular orasida amerikalik Jonatan Lyuis, chililik Lukas Assadi, ispaniyalik Suso va o'zbekistonlik Shomurodov bo'lgan. Biroq aniq takliflar bildirilmagan.
Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov yaqinda "Roma" bilan shartnomasini uzaytirgan edi.Italiya poytaxtida qolish uchun forvard hatto maoshi kamayishiga rozilik bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar