Joze Mourino ECHLning joriy haftasida kimlar qahramon bo'lganini aytdi
08 mar 2019 23:12
Yangiliklar


Joze Mourino ECHLning joriy haftasida kimlar qahramon bo'lganini aytdi
Portugaliyalik 56 yoshli mutaxassis Joze Mourino chempionlar ligasining nim chorak final to'qnashuvlaridan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
-CHempionlar ligasining hafta qahromonlari kimlar bo'ldi deb ayta olasiz?
-Agar aynan bir futbolchi to'g'risida gap ketadigan bo'lsa, shubhasiz “Real”ga qarshi uchrashuvda porlagan Tadichni misol qilgan bo'lardim. Umuman, “Ayaks” va “Manchester Yunayted” aqlbovarqilmas natijalarga erishdi. Agar yomon natija uchun murabbiy aybdor bo'lsa, ijobiylariga ham u sababchi bo'ladi. SHu boisdan, Erik ten Xag (“Ayaks” bosh murabbiyi) va Ole Gunnar Sulsherni (MYU) takidlagan bo'lardim. Avvalo, amsterdamliklarning taktik tayyorgarligi va jamoaviy ruhini, “qizil iblislar”ning esa irodasi va matonatini alohida etirof etaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar