Jorjo Kellini: "VAR tizimi o'zgarishi shart, bunday xatolarni qabul qilib bo'lmaydi"
15 fev 07:33
Yangiliklar
Jorjo Kellini: "VAR tizimi o'zgarishi shart, bunday xatolarni qabul qilib bo'lmaydi"
Uning takidlashicha, bugungi uchrashuvda sodir bo'lgan holatlardan keyin futbol haqida gapirishning o'zi qiyin. "Bugun mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holatlar yuz berdi. Bu faqat bizga emas, boshqa jamoalarga ham tegishli bo'lishi mumkin. Ehtimol, ertadan boshlab VAR tizimini o'zgartirish vaqti keldi. Chunki shunday muhim o'yinlarda bunchalik ko'p xatolar takrorlanishi mumkin emas. Mavsum boshidan beri hakamlik darajasi talabga javob bermayotganini butun dunyoga etkazishga harakat qildik. Afsuski, bugun aynan shu muammo yana bir bor namoyon bo'ldi. Bu holat mavsum davomida ko'plab jamoalar bilan yuz berdi. Endi o'zgarish qilishimiz shart. Italiya futboldagi muammolarni doim orqaga surishni davom ettira olmaymiz", — dedi Kellini.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga yaqin bosh hakam "Yuventus" himoyachisi Per Kalyulyuni maydondan chetlatgan. Bu qaror turinliklar murabbiylar shtabi noroziligiga sabab bo'ldi. Natijada, tanaffus paytida stadionning ichki xonalarida jamoa murabbiylari va hakam o'rtasida tortishuv yuzaga kelish xavfi paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar