Joriy mavsum Serazitdinov boshqargan o'yinlarda "Andijon" g'alaba qozona olmagan
03 sen 2022 16:00
Yangiliklar
Joriy mavsum Serazitdinov boshqargan o'yinlarda "Andijon" g'alaba qozona olmagan
O'zbekiston Coca Cola kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK uchrashuvini Viktor Serazitdinov boshqaradi.
Toshkentlik hakam joriy mavsum andijonliklarning Pro liga doirasida "Buxoro" va "Zomin"ga qarshi o'yinlarda ishladi hamda ikkala bahsda ham hisob ochilmadi. SHuningdek, u viloyatning yana bir jamoasi "Andijon-2"ning O'zbekiston kubogi doirasida "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvini ham boshqargan va unda g'uzorliklar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Qiziq tomoni, 2020 yilgi Superliga bahslarida ham Serazitdinov boshqargan o'yinlarda "Andijon" murosa ko'chasini tanlagan ("So'g'diyona" — 1:1, "Navbahor" — 0:0).
"Andijon" so'nggi bor 2019 yil ushbu hakam bridagasi ishtirok etgan o'yinda "Qizilqum"ni mag'lubiyatga uchratgan (1:0).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar