"Jirona" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
06 avg 2023 16:49
Yangiliklar
"Jirona" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
"Dnepr-1" va Ukraina termasi hujumchisi Artem Dobvik "Jirona" bilan shartnoma imzoladi.
Ukrainalik futbolchi bilan kelishuv 2028 yil yoziga qadar davom etadi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, "Jirona" hujumchining transferi uchun Ukraina klubiga 15 mln evro o'tkazib bergan. Bu esa "Jirona" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.
26 yoshli hujumchi "Dnepr-1" tarkibida 86 o'yinda 54 gol va 14 assist qayd etdi. Ukraina termasida esa uning hisobida 18 o'yinda 6 gol va 3 assist bor.
"Jirona" LaLiganing dastlabki turida "Real Sosedad"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs 13 avgust, shanba kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar