Jim Retkliff: "Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, "MYU"dan ketaman"
15 mar 17:54
Yangiliklar
Jim Retkliff: "Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, "MYU"dan ketaman"
"Futbol biroz o'zgaruvchan, shunday emasmi? Siz buni "Chelsi" misolida ko'rdingiz. "Chelsi" ikki yil davomida matbuotda tanqid qilindi, hamma ularning muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi. Keyin joriy mavsum boshida ularda hamma narsa juda yaxshi keta boshlagach, bu gaplar to'xtadi.
Menimcha, "Manchester Yunayted" bilan ham xuddi shunday bo'ladi. Men qilayotgan ishimizga chindan ishonaman va bizda to'g'ri odamlar bor deb o'ylayman. Biz xatolarsiz muvaffaqiyatga erishamiz deb o'ylamayman, chunki mukammal emasmiz, lekin menimcha, yozdan keyin traektoriya yaxshilanib boradi.
Bizga foydasi shubhali bo'lgan ko'plab ishchilar emas, 700 ga yaqin odamdan iborat iqtisodiy, samarali, elita tashkilot kerak.
Rostini aytsam, agar men muvaffaqiyatsizlikka uchrasam, ketaman. Lekin men bunday bo'ladi deb o'ylamayman. Biz yaxshi futbol o'ynay boshlasak va g'alaba qozonsak, hamma narsa o'zgaradi" – dedi "Manchester Yunayted"ning egalaridan biri bo'lgan Retkliff.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar