Jeymi Karrager: "Liverpul" deyarli basketbol jamoasiga aylanib qoldi"
07 okt 00:15
Yangiliklar
Jeymi Karrager: "Liverpul" deyarli basketbol jamoasiga aylanib qoldi"
Jamoa "Galatasaroy"ga (0:1) mag'lub bo'lganidan keyin sobiq himoyachi shunday dedi: "Hozir "Liverpul" futbol emas, basketbol o'ynayapti. Menimcha, yuqori darajadagi jamoalar bunday uslubda o'ynashmaydi".
Sky Sports efirida gapirgan Karrager APLdagi "Chelsi"ga qarshi (1:2) mag'lubiyat haqida qo'shimcha qildi:
"Men "Liverpul"ni deyarli basketbol jamoasiga aylangani uchun tanqid qilgandim.
Bu o'yin darvozadan-darvozagacha yugurishdek bo'ldi... "Liverpul" bunday bahsda ustunlik qilishi kerak edi, ayniqsa "Chelsi" tarkibidagi o'zgarishlarni hisobga olganda. Hozir "Liverpul" darvozasiga yaqinlashish juda oson. Albatta, "Chelsi" maydonida o'ynash qiyin, ammo mezbonlarning tarkibini hisobga olsak, "Liverpul" g'alaba qozonishi kerak edi", – dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar