Jessi Marsh Lesterni boshqarishdan bosh tortdi
10 apr 2023 09:47
Yangiliklar
Jessi Marsh Lesterni boshqarishdan bosh tortdi
Deyarli shartnoma bandlarining barchasini kelishib olgan Jessi Marsh Lester bosh murabbiyi lavozimidan voz kechdi.
49 yoshli Marsh ishdan bo'shatilgan Brendan Rojersning o'rniga «Lester» bilan kelishuvga yaqin edi.
Biroq, Marsh o'tgan shanba kuni «Lester»ning «Bornmut»ga (0:1) qarshi uchrashuvini stadiondan jamoasi bilan tomosha qilgan. SHundan so'ng o'z xodimlari bilan gaplashgan va yakshanba kuni ertalab «tulkilar»ga boshqa muzokaralar bo'lmasligi haqida xabar bergan.
«Tulkilar» endi Din Smit, Rafael Benites va Martin O'Nil nomzodlarini ko'rib chiqishlariga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar