So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Jeparovni Superligada o'ynashiga ruxsat bermaslik qonunan inson huquqlarini poymol qilish bilan barobar" - SHipilov Yangiliklar

"Jeparovni Superligada o'ynashiga ruxsat bermaslik qonunan inson huquqlarini poymol qilish bilan barobar" - SHipilov

"Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilov jamoa yarim himoyachisi Server Jeparovni mavsumoldi normativ testlardan o'tolmaganiga izoh berdi.

Kechagi Superliganing yangi mavsumi qura marosimi yakunlangach "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilovning mazkur jarayon va kutilmagan o'zgarish haqidagi fikrlari bilan qiziqqanimizdan so'ng, jamoaning yangi transferiga aylangan Server Jeparovning mavsum oldidan topshirgan normativ testlardan o'tolmagani haqida so'radik. Andrey SHipilov mazkur masala bo'yicha quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Bilasizmi, agarda futbolchi tez yugurib qandaydir normativ testni topshira olmasligi hech nimani anglatmaydi. Bu hech qanday ko'rsatkich emas.

Yaxshisi, barcha uning o'yinlarini tomosha qilsin! Jeparovga Superligada o'ynashga ruxsat berishadimi? Biz shunga umid qilamiz. Uning Superligaga o'ynashiga ruxsat bermaslik qonunan inson huquqlarini poymol qilish bilan barobar! Huquqiy jihatdan hech kim Jeparovga futbol o'ynashni taqiqlashga haqqi yo'q!

Biz hozirga qadar 9 nazorat uchrashuvini o'tkazdik. SHu bahslarda Jeparov o'rtacha har bir o'yinda 11-13 km masofani bosib o'tmoqda. Masalan, oxirgi "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda Jeparov 11 km masofani bosib o'tdi. Futbolchi futbol o'ynashi kerak, quruq yugurishdan nima naf?", - deya gapirib o'tdi Andrey SHipilov.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика