JCH-2022 saralashi. Eron ishonchli g'alabaga erishdi, Yaponiya Vetnam bilan murosa ko'chasini tanladi
29 mar 2022 19:08
Yangiliklar
JCH-2022 saralashi. Eron ishonchli g'alabaga erishdi, Yaponiya Vetnam bilan murosa ko'chasini tanladi
JCH-2022 saralash bosqichi so'nggi turidan joy olgan 2 ta uchrashuv yakuniga etdi.
Mundial yo'llanmasini naqd qilib bo'lgan Yaponiya "B" guruhi 10-turida Vetnamga qarshi bahs olib bordi. 19-daqiqada mehmonlar vakili Nguen Txan Bin uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, 55-daqiqada tajribali himoyachi Maya Yoshida muvozanatni tikladi.
Etiborlisi, mazkur o'yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Uchinchi saralash bosqichi
"B" guruhi. 10-tur
Yaponiya – Vetnam 1:1
"Saytama 2002"
Gollar: Maya Yoshida 55' – Nguen Txan Bin 19'

Navbatdagi o'yinda esa jahon darajasidagi hujumchilar Serdar Azmun hamda Alirizo Jahonbaxshning gollari eronliklarga ishonchli g'alabani keltirdi.
"A" guruhi. 10-tur
Eron – Livan 2:0
"Imom Riza"
Gollar: Serdar Azmun 35', Alirizo Jahonbaxsh 72'

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar