So’nggi yangiliklar

18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  27 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:45"Сурхон" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  4 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  6 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  3 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  14 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3

⚡️ JCH-2022. O'zbekiston bugun final uchun amaldagi Evropa chempioni bilan bahslashadi. Uchrashuv “Beshiktosh” stadionida o'tkaziladi (PREVYU) Yangiliklar

⚡️ JCH-2022. O'zbekiston bugun final uchun amaldagi Evropa chempioni bilan bahslashadi. Uchrashuv “Beshiktosh” stadionida o'tkaziladi (PREVYU)

Nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi 17-jahon chempionatining barcha yarim finalchilari malum bo'ldi.

Bugun, 7 oktyabr kuni mazkur bosqich bahslari bo'lib o'tadi. 1/8 finalda Kolumbiya (4:1), chorak finalda Italiyani (5:1) yirik hisobda mag'lub etgan O'zbekiston terma jamoasiga yarim finalda mezbon Turkiya raqiblik qiladi. Turkiyaliklar amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Ularning joriy mundialdagi natijasi:

Guruh bosqichi

Turkiya – Franciya 3:0

Turkiya – Liberiya 5:0

Turkiya – Gaiti 1:1

1/8 final

Turkiya – Meksika 5:0

1/4 final

Turkiya – Marokash 4:1

O'zbekiston terma jamoasi

Guruh bosqichi

Polsha – O'zbekiston 1:3

Ispaniya – O'zbekiston 0:3

O'zbekiston – Tanzaniya 0:2

1/8 final

O'zbekiston – Kolumbiya 4:1

1/4 final

O'zbekiston – Italiya 5:1

Malumot o'rnida, Turkiya bungacha 4 marta bronza (ketma-ket 2007, 2010, 2012, 2014) medalini qo'lga kiritgan va o'tgan jahon chempionatida finalda Angolaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Evro-2021 finalida esa Ispaniyani 6:0 hisobida engib, qita birinchiligida bosh sovringa ega chiqqan.

Bo'lajak uchrashuv “Beshiktosh”ning 41 mingdan ziyod tomoshabinga mo'ljallangan “Vodafon Park” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.

Mazkur juftlik g'olibiga finalda amaldagi titul sohibi Angola hamda Gaiti o'rtasidagi bahsda muvaffaqiyat qozongan jamoa raqiblik qiladi. Yarim finalning ushbu bahsi 20:00 ga belgilangan. Ularning mazkur bosqichga qadar qayd etgan natijalari:

Angola terma jamoasi

Guruh bosqichi

Angola – Urugvay 4:0

Angola – Iroq 4:1

Angola – Italiya 7:0

1/8 final

Angola – Angliya 1:0 (ekstra taymlarda aniqlangan)

1/4 final

Angola – Braziliya 2:1


Angolaliklar 2018 yil mundial g'olibi bo'lgan va bir bor uchinchi o'rindan joy olgan.

Gaiti terma jamoasi

Guruh bosqichi:

Gaiti – Liberiya 4:1

Gaiti – Franciya 6:0

Turkiya – Gaiti 1:1

1/8 final

Gaiti – AQSH 6:2 (ekstra taymlarda aniqlangan)

1/4 final

Tanzaniya – Gaiti 1:4

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining final o'yini 9 oktyabr kuni “Galatasaroy”ning 52 mingdan ortiq tomoshabinnni o'z bag'riga sig'dira oladigan muhtasham o'yingohi ("Turk Telekom Arena")da bo'lib o'tadi.

Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. 1/2 final

7 oktyabr, juma

20:00, Angola – Gaiti

“TFF Riva Facility” maydoni

22:00, Turkiya – O'zbekiston

“Vodafon Park” stadioni

JCH-2022'dagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil SHukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.

ULARNING JORIY MUSOBAQADAGI STATISTIKASI

Vakillarimiz ketma-ket uch marta 2007, 2010, 2012 jahon chempioni (rekord) bo'lgan, shuningdek, 1990, 1991 yillarda ham titul sohibiga aylangan hamda bir bor kumush va 2 marta bronza medallariga ega chiqqan.  

9 oktyabrda mazkur titul bizniki bo'ladi degan umiddamiz!

⚡️ Mundialgacha. "Xalq uchun o'ynaymiz" – oltinchi titulni maqsad qilgan besh karra jahon chempioni bilan intervyu 

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi? 

⚡️ Tadbirkor, supervayzer, haydovchi, cex ishchisi… Mundialga yo'l olayotgan termamiz azolari qaysi kasblarda ishlashadi? Turkiyadagi musobaqa qachon start oladi? JCH tarixi qanday? Kimlar favorit? (batafsil)

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика