So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Javohir Esonqulov: "Navbahor" bilan haqiqiy "jang" bo'ldi" Yangiliklar

Javohir Esonqulov: "Navbahor" bilan haqiqiy "jang" bo'ldi"

Muxlislar yaxshi bilishadiki, yangi mavsum oldidan "Qo'qon-1912" safiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilishdi.

Ana shunday o'yinchilaridan biri Javohir Esonqulov. “Vodiy derbisi”da yaxshi taassurot qoldirgan ushbu futbolchi bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

– Avvalo, "Qo'qon-1912" oilasiga xush kelibsiz. Jamoaga moslashib oldingizmi?

– Assalomu alaykum. Jamoaga tezda moslashib oldim. Futbolchilar hammasi bir-biri bilan ahil. Jamoada meni yaxshi kutib olishdi. Murabbiylarimizning munosabatlari ham juda yaxshi. Qo'qonlik muxlislarga ham salomlarimni etkazing.

– "Navbahor"ga qarshi o'yin haqida fikrlaringiz.

– O'yin haqiqiy “derbi”ga xos shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Maydonda haqiqiy “jang” bo'ldi. Har ikki jamoada ham g'alaba qozonish imkoniyati bor edi. O'yindan zavq oldim. Futbol paytida do'st, mashhurlik degan narsalar bo'lmaydi. Maydonda hamma bir xil. Maydonga tushganimda faqat raqiblarning formasiga qarab ajrataman. kimga qarshi o'ynayotganligimni ahamiyati yo'q. Qaysidir yulduz futbolchini borligi meni cho'chitmaydi.
O'yindan tugaganidan keyin namanganlik muxlislarning qilgan harakatlari bizga yoqmadi. Bu futbolchilarga bo'lgan hurmatsizlik deb bilaman. “Navbahor” yuta olmasa bizda ayb emasku. O'z futbolchilaridan norozi bo'lishsin, raqibdan emas.

– O'z o'yiningizdan qoniqdingizmi?

– O'yinimdan biroz qoniqdim. CHunki, bir yillik tanaffusdan keyin yana maydonga tushdim va o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Bir yil jarohatimni tiklashga majbur bo'ldim. Agar “Navbahor”ga qarshi bahsda yuzaga kelgan ikkita imkoniyatning bittasidan samarali foydalanib gol urganimda edi, o'yinimdan yuz foiz qoniqish hosil qilgan bo'lardim.

– Qo'qonlik muxlislar sizni jamoani tark etgan adashingiz Javohir Sidiqovning o'rnini bilintirmaydi deb ishonishmoqda. O'zingiz nima deysiz bu fikrga?

– Muxlislar ishonch bildirayotgan ekan, ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Javohir Sidiqov O'zbekistonning yaxshi futbolchilaridan biri. U kishi bilan yaqin qadrdon, aka-ukadekmiz. Sidiqovga qarshi bir necha bor o'ynaganman. Muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman. Buning uchun tinmay mehnat qilaman.

– Sizni jamoaga kim taklif qildi? SHartnomangiz qancha muddatli?

– Meni jamoaga Aziz To'xtaboev taklif qilgan. No'mon Hasanov ham mening o'yinlarimni kuzatgan. Mashg'ulotlarda astoydil ishlashga harakat qilyapman. Bosh murabbiyimizga asosiy tarkibda imkoniyat berganlari uchun rahmat aytaman, ishonchlarini oqlashga harakat qilaman.
“Qo'qon-1912” jamoasi bilan tuzilgan shartnomam hozircha bir yilga mo'ljallangan. Yaxshi o'ynab tursam, murabbiylar va rahbariyatning ishonchiga sazovor bo'lsam kelajakda yana sharnomani uzaytirarmiz deb o'ylayman.

– Qo'qonlik muxlislarga tilaklaringiz.

– Qo'qonlik muxlislari jamoamizga jon kuydirib ishqibozlik qilishsin. Ularni uyaltirib qo'ymaslikka harakat qilamiz. Biz har doim muxlislar bilan birgamiz. Muxlislar bilan bir oila bo'lishimiz kerak. Qaysidir muxlisimiz men bilan uchrashmoqchi bo'lsa , men doim tayyorman. Biz futbolchilar ular uchun maydonga tushamiz. Qo'qonlik muxlislar jamoamizni yolg'izlatib qo'ymasliklarini ko'rdim. Hammasi alo darajada. Hamma muxlislarimizga katta rahmat, salomat bo'lishsin!

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика