So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Janubiy Koreya futbolchisi: "Biz Rossiyaga boramiz" Yangiliklar

Janubiy Koreya futbolchisi: "Biz Rossiyaga boramiz"

31 avgust va 5 sentyabr kunlari xuddi biz kabi Janubiy Koreyani ham muhim o'yinlar kutmoqda.

Kelasi yil Rossiya mamlakatida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash bahslari Osiyo qitasi uchun yakuniy pallaga etay deb qoldi. Janubiy Koreya 31 avgustda o'z maydonida Eron bilan o'ynaydi va shundan so'ng Toshkentga kelib 5 sentbyar kuni O'zbekiston terma jamoasi raqibi bo'ladi. 

Janubiy Koreya terma jamoasining 16-raqamli futbolchisi Jung Vu Yong FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida hech kim tushkunlik holatiga tushib qolmagani hamda barcha keyingi ikki o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdi. 

- "Dunyoning barcha futbolchilari qatori biz jahon chempionatida ishtirok etishni xohlaymiz va hozircha hammasi o'z qo'limizda, - deydi 27 yoshli yarim himoyachi. - Oldinda ikkita o'yin qoldi va g'alaba qozonsak kelasi yil Rossiyaga boramiz". 

Bu futbolchi terma jamoasining JCH-2018 saralash o'yinlarida etti bor maydonga tushgan. U maydondagi eng yaxshi o'yinchilardan biri hisoblanadi. Uning aytishicha, 31 avgust kuni Eron bilan bo'ladigan bahs juda muhim ahamiyatga ega: "Eron hali yutqazgani yo'q va buni juda yaxshi bilamiz. O'ylaymanki, biz ularni mag'lub eta olamiz. Janubiy Koreya Osiyodagi eng kuchli termalardan biri va qitadagi istalgan raqib bilan o'ynay oladi". 

Jung Vu Yong faoliyatining asosiy qismini Yaponiya klublarida o'tkazgan. U "Kyoto Sanga", "Jubilo Ivata", "Vissel Kobe" kabi klublarda o'ynagan. Hozirda Xitoyning "CHuncin Lifan" klubida to'p tepyapti. Bu futbolchi yarim himoyaning tayanch nuqtasida harakat qiladi. Jung Vu Yong 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etgan. Terma jamoada esa 2015 yildan boshlab muntazam o'ynab kelmoqda.


Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика